Yangiliklar/Ekologiya

Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonning ikki viloyatida sezildi

Ekologiya 12 sentyabr, 14:50
Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonning ikki viloyatida sezildi

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida zilzila qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi FVV Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.

Zilzilaning magnitudasi 3,9, o‘chog‘i esa 16 kilometr chuqurlikda joylashgan. Episentrdan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-sharqiy yo‘nalishda 251 kilometrni tashkil etgan.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida ham sezilgan. Andijon viloyatida zilzila kuchi 2 ballni tashkil etib, episentrgacha bo‘lgan masofa 49 kilometr bo‘lgan.

Namangan viloyatida ham yer silkinishi 2 ball darajasida qayd etilgan. Ushbu hudud episentrdan 55 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Hozircha zilzilaning O‘zbekiston hududidagi oqibatlari haqida ma’lumot berilmagan.

740

Telegramga obuna bo'ling

So'nggi yangiliklar bilan tanishing