Raqobat qo‘mitasi aviakompaniyalar faoliyatini o‘rganishni boshladi

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmida havo transporti xizmatlari bo‘yicha murojaatlar soni 300 tadan oshgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,1 baravar ko‘p.
Yo‘lovchilar asosan:
- reyslarning bir necha soatga kechikishi;
- parvozlar bo‘yicha aniq va o‘z vaqtida ma’lumot berilmasligi;
- xizmat ko‘rsatish sifati pastligi;
- ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq undirilishidan shikoyat qilmoqda.
Qo‘mita qayd etishicha, ayrim holatlarda aviakompaniyalar aybi bilan kechikkan reyslar bo‘yicha yo‘lovchilarga kompensatsiya yoki muqobil yechimlar taklif etilmagan. Bu esa fuqarolarning vaqti, mablag‘i va rejalariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Hozirda qo‘mita mahalliy aviareyslar tashuvchining aybi bilan kechikkan hollarda yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanishi va iste’molchilar huquqlariga rioya etilishi masalalarini o‘rganmoqda. Shuningdek, aviakompaniyalarga raqamli platformalarida xizmatlar va yo‘lovchilar huquqlariga oid ma’lumotlarni to‘liq joylashtirish hamda ularni amaldagi qonunchilikka moslashtirish tavsiya etildi.
Qo‘mita fuqarolardan ham aviatashuvlar sohasidagi taklif va e’tirozlarini yuborishni so‘radi. Murojaatlar 1159 qisqa raqami orqali qabul qilinadi.
Telegramga obuna bo'ling
So'nggi yangiliklar bilan tanishing
Tavsiya etamiz

Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonning ikki viloyatida sezildi

Malika Diananing mashhur “qasos ko‘ylagi” auksionga qo‘yiladi

Qo‘qon va Chortoqda Umra bilan bog‘liq qonunbuzarlik aniqlandi

Shavkat Mirziyoyev Armaniston bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi
