Yangiliklar/Jamiyat

Qo‘qon va Chortoqda Umra bilan bog‘liq qonunbuzarlik aniqlandi

Jamiyat 11 sentyabr, 16:10
Qo‘qon va Chortoqda Umra bilan bog‘liq qonunbuzarlik aniqlandi

Farg‘ona va Namangan viloyatlarida Umra ziyoratini tashkil etish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan turfirmalar faoliyatiga chek qo‘yildi. Holatlar Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari tomonidan aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, Qo‘qon shahrida faoliyat yurituvchi turistik firma rahbari ikki nafar fuqaroni Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, buning evaziga 2200 AQSH dollari talab qilgan. U so‘ralgan pul mablag‘larini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Shunga o‘xshash holat Namangan viloyatining Chortoq tumanida ham qayd etildi. Turfirma xodimi ikki nafar fuqaroni Umraga yuborish uchun 2200 dollar so‘ragan. U 400 dollar miqdoridagi oldindan to‘lovni olayotganida ushlandi. Hozirda har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar fuqarolarga «Umra» ziyoratini faqat tegishli litsenziyaga ega tashkilotlar orqali rasmiylashtirishni tavsiya qildi.

4480

Telegramga obuna bo'ling

So'nggi yangiliklar bilan tanishing