Senat qarzsiz talablarni ko‘rib chiqishning yangi tartibini ma’qulladi

Oliy Majlis Senati qarzsiz (bahssiz) talablarni ko‘rib chiqish tartibini o‘zgartiruvchi qonunni ma’qulladi. Hujjatga ko‘ra, ayrim talablar bo‘yicha vakolatlar sudlardan notariuslarga o‘tkaziladi.
Qonunga muvofiq, belgilangan talablarga javob beradigan va 1000 BHMgacha bo‘lgan bahssiz talablarni notariuslar ko‘rib chiqishi mumkin bo‘ladi. Bu turdagi masalalarni sudga murojaat qilmasdan hal etish imkonini beradi.
Shuningdek, notariuslar rasmiylashtirgan ijro hujjatlarini majburiy ijro organlariga QR-kod orqali elektron shaklda yuborish imkoniyati yaratiladi. Natijada qog‘oz hujjatlar bilan bog‘liq jarayonlar qisqaradi.
Qonun bilan Iqtisodiy protsessual kodeksga ham o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Endilikda apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyalarida ko‘rib chiqilayotgan sud hujjatlari bo‘yicha ijro ishini to‘xtatish uchun ariza beruvchi bunday choraga ehtiyoj borligini asoslab berishi kerak bo‘ladi.
Qonun loyihasi muhokamasi chog‘ida o‘zgarishlar quyidagi qarzdorlik turlariga taalluqli ekani qayd etilgan:
- ijara to‘lovlari;
- ko‘p kvartirali uy-joylardagi mulkdorlarning majburiy badallari;
- uy-joy kommunal xizmatlari;
- aloqa xizmatlari uchun qarzdorliklar.
1000 BHMdan ortiq summadagi talablar avvalgidek sudlar tomonidan buyruq tartibida ko‘rib chiqiladi. Mazkur miqdordan kam bo‘lgan bahssiz talablar esa notariuslar vakolatiga o‘tkaziladi.
Telegramga obuna bo'ling
So'nggi yangiliklar bilan tanishing
Tavsiya etamiz

Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonning ikki viloyatida sezildi

Malika Diananing mashhur “qasos ko‘ylagi” auksionga qo‘yiladi

Raqobat qo‘mitasi aviakompaniyalar faoliyatini o‘rganishni boshladi

Qo‘qon va Chortoqda Umra bilan bog‘liq qonunbuzarlik aniqlandi
