Yangiliklar/Iqtisod

Oʻzbekiston Markaziy banki valyuta kurslarini hisoblash usulini oʻzgartirdi

Iqtisod 10 sentyabr, 13:00
Oʻzbekiston Markaziy banki valyuta kurslarini hisoblash usulini oʻzgartirdi

2026-yil 15-sentabrdan boshlab O‘zbekiston Markaziy banki AQSH dollari, yevro va boshqa xorijiy valyutalarning rasmiy kursini hisoblash formulasini o‘zgartiradi.

Avval Markaziy bank valyuta kursini faqat birja savdolari natijalariga asoslanib belgilardi, ya’ni dollar birjada qanday narxda sotilgan bo‘lsa, shu ko‘rsatkich hisobga olinardi. Endilikda esa birja savdolaridan tashqari, banklar o‘rtasida birjadan chetda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuziladigan bitimlar ham inobatga olinadi. Bu bozor banklararo valyuta bozori deb ataladi.

Natijada rasmiy kurs birja va banklararo bozor ko‘rsatkichlarining o‘rtacha qiymati asosida shakllantiriladi. Hisob-kitobda ko‘proq bitimlar qatnashgani sababli kurs bozoridagi real vaziyat yanada aniqroq aks ettiriladi. Amalda esa aksariyat fuqarolar uchun hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi: rasmiy valyuta kursi avvalgidek har kuni e’lon qilinaveradi. Faqat uni hisoblash usuli yanada takomillashtiriladi va aniqligi oshiriladi.

Shuningdek, Markaziy bank shanba va yakshanba kunlari uchun oxirgi ish kuni, ya’ni juma kuni belgilangan kurs qo‘llanilishini ma’lum qildi.

3490

Telegramga obuna bo'ling

So'nggi yangiliklar bilan tanishing