Yangiliklar/Jamiyat

Chorvoqda choʻkib ketgan oilani qidirish ishlari yakunlandi

Jamiyat 10 sentyabr, 15:05
Chorvoqda choʻkib ketgan oilani qidirish ishlari yakunlandi

Mudofaa vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibi Murod Sodiqovning ma’lum qilishicha, payshanba kuni soat 13:35 da g‘avvoslar uchinchi marhumning, ya’ni otaning jasadini aniqlagan. Shu kuni avvalroq uning katta o‘g‘lining jasadi topilgan bo‘lsa, kenja o‘g‘lining jasadi 9-sentabr kuni aniqlangan edi.

Fojia 2-sentabr kuni Chorvoq suv omborida sodir bo‘lgan. Qayiqda sayr vaqtida o‘g‘illardan biri suvga sakrab tushgan, biroq oyog‘i tortishib qolib, cho‘ka boshlagan. Uni qutqarish uchun akasi va otasi suvga tushgan, ammo uchovlon ham halok bo‘lgan. Qayiq haydovchisi ham ularga yordam bera olmagan. Hodisa vaqtida qayiqda marhumlarning onasi va singlisi ham bo‘lgan.

FVV ma’lumotiga ko‘ra, qidiruv ishlari tezkor shtab tashkil etilishi, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridan qo‘shimcha kuch va vositalar jalb qilinishi hamda zamonaviy qidiruv uskunalaridan foydalanilishi hisobiga samarali olib borilgan.

Vazirlik fuqarolarni suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi. Xususan, faqat belgilangan joylarda cho‘milish, qayiq va gidroskuterlarda harakatlanishda esa qutqaruv jiletlarini kiyish tavsiya etildi.

7080

Telegramga obuna bo'ling

So'nggi yangiliklar bilan tanishing