Yangiliklar/Iqtisod

O‘zbekistonda litsenziya talablari buzilgani haqida xabar berganlarga jarimaning 10 foizi beriladi

Iqtisod 8 sentyabr, 12:47
O‘zbekistonda litsenziya talablari buzilgani haqida xabar berganlarga jarimaning 10 foizi beriladi

O‘zbekistonda litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridagi qoidabuzarliklar haqida ma’lumot bergan fuqarolar hamda tashkilotlarni rag‘batlantirish tartibi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, taqdim etilgan ma’lumot tasdiqlanib, qoidabuzarga jarima qo‘llansa, murojaat muallifiga jarima summasining 10 foizi miqdorida bir martalik mukofot to‘lanadi.

Qoidabuzarliklar haqida “Litsenziya” axborot tizimi yoki Adliya vazirligining mobil ilovasi orqali xabar berish mumkin. Murojaatlar vakolatli organlar tomonidan 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Xabarga qoidabuzarlikni tasdiqlovchi foto yoki video materiallar ilova qilinishi kerak. Ariza bo‘yicha tekshiruv allaqachon olib borilayotgan bo‘lsa yoki taqdim etilgan ma’lumot o‘z tasdig‘ini topmasa, murojaat ko‘rib chiqilmaydi.

Toʻlov qoidabuzarlik tasdiqlanganidan keyin, jarima va uni toʻlash toʻgʻrisidagi qarorni buzgan tomonidan amalga oshiriladi. Mablagʻlar arizachining bank kartasiga yoki hisob raqamiga oʻtkaziladi.

3,5290

Telegramga obuna bo'ling

So'nggi yangiliklar bilan tanishing