Yangiliklar/Jamiyat

Oʻzbekistonda talabalar innovatsion gʻoyalar uchun 500 million soʻmgacha pul olishlari mumkin boʻladi

Jamiyat 7 sentyabr, 17:06
Oʻzbekistonda talabalar innovatsion gʻoyalar uchun 500 million soʻmgacha pul olishlari mumkin boʻladi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan har yili oʻtkaziladigan "Eng innovatsion gʻoya" tanlov oʻtkazish tartibi tasdiqlandi. Tanlovda oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etishi mumkin. Arizalar 10-oktabrgacha qabul qilinadi. Har bir ishtirokchi faqat bitta g‘oya yoki loyiha taqdim etishi mumkin.

Tanlov quyidagi 10 yo‘nalishni qamrab oladi:

  • raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt;
  • moliyaviy texnologiyalar (FinTech);
  • agrotexnologiyalar (AgroTech);
  • kiberxavfsizlik;
  • sog‘liqni saqlash;
  • farmatsevtika;
  • mudofaa va xavfsizlik;
  • energiya tejamkorligi;
  • suv texnologiyalari;
  • fan va ta’lim.

Birinchi bosqichda loyihalar oliy ta’lim muassasalari huzuridagi komissiyalar tomonidan baholanadi. Eng yaxshi uchta loyiha mualliflariga grantlar ajratiladi:

  • 1-o‘rin — 50 mln so‘m;
  • 2-o‘rin — 30 mln so‘m;
  • 3-o‘rin — 20 mln so‘m.

Har bir OTM uchun grantlar jamg‘armasi 100 mln so‘mni tashkil etadi.

Universitet bosqichi g‘oliblari respublika finaliga yo‘llanma oladi. Ularning loyihalari olimlar, davlat organlari vakillari va soha mutaxassislari tomonidan baholanadi.

Respublika bosqichida quyidagi grantlar taqdim etiladi:

  • 1-o‘rin — 500 mln so‘m;
  • 2-o‘rin — 300 mln so‘m;
  • 3-o‘rin — 200 mln so‘m.

Loyihalar beshta mezon asosida baholanadi:

  • g‘oyaning yangiligi va innovatsionligi;
  • dolzarbligi;
  • mavjud yechimlardan farqi;
  • xarajatlar smetasining asoslanganligi;
  • kutilayotgan natijalar.

Tanlov talabalar orasidan istiqbolli loyihalarni aniqlash, startap g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni moliyalashtirishga qaratilgan.

3,0420

Telegramga obuna bo'ling

So'nggi yangiliklar bilan tanishing