Yangiliklar/Iqtisod

O‘zbekistonda pasportsiz naqd valyuta sotib olish limiti $500 ga oshiriladi

Iqtisod 9 may, 14:35
O‘zbekistonda pasportsiz naqd valyuta sotib olish limiti $500 ga oshiriladi

O‘zbekistonda naqd xorijiy valyutani sotib olish tartibi soddalashtiriladi. Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz amalga oshiriladigan operatsiyalar limiti $100 dan $500 gacha oshiriladi.

Yangi tartibga binoan, fuqarolar $500 ekvivalentigacha bo‘lgan miqdorda naqd valyutani pasport yoki boshqa hujjatni taqdim etmasdan xarid qilishlari mumkin bo‘ladi. Vazirlikda qayd etilishicha, hozirda amal qilayotgan limit $100 ni tashkil etadi.

Mazkur o‘zgarishlar uch oy ichida kuchga kirishi rejalashtirilgan. Yangilik aholiga qulaylik yaratish va valyuta operatsiyalariga kirishni yengillashtirishga qaratilgan.

1970