Yangiliklar/Iqtisod

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yangi rekordga yaqinlashdi

Iqtisod 9 may, 19:40
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yangi rekordga yaqinlashdi

2026-yil aprel oyi yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari yana oʻzining tarixiy maksimal darajasiga yaqinlashdi. Markaziy bank ma’lumotlariga koʻra, ularning umumiy hajmi 70,89 milliard dollardan oshgan, bu mart oyiga nisbatan qariyb 1,9 milliard dollarga koʻpdir.

Zaxiralar tarkibida asosiy ulushni oltin tashkil etmoqda. Uning qiymati $61,59 mlrdga yetdi. Shu bilan birga, Markaziy bank omborlaridagi oltinning fizik hajmi taxminan 3,1 tonnaga kamaygan. Qayd etilishicha, regulyator 2025 yil sentyabridan buyon ilk bor taxminan 3,1 tonna oltin sotgan.

Valyuta zaxiralari ham ijobiy dinamikani koʻrsatdi. Oy davomida ular 1,15 milliard dollarga oshib, 8,72 milliard dollarga yetdi. Zaxiralar tarkibidagi qimmatli qogʻozlar qiymati 1,549 mlrd.

1400