Yangiliklar/Texnologiya

Milliy gvardiya SIga ega dronlar va robotlarni sinovdan o‘tkazmoqda: yil oxirigacha ularni Toshkent bog‘lariga chiqarish rejalashtirilgan

Texnologiya 14 noyabr, 16:13
Milliy gvardiya SIga ega dronlar va robotlarni sinovdan o‘tkazmoqda: yil oxirigacha ularni Toshkent bog‘lariga chiqarish rejalashtirilgan

Milliy gvardiya Toshkentda sun’iy intellekt texnologiyalariga ega uchuvchisiz uchish apparatlari va yerusti robotlashtirilgan qurilmalarini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda idora vakili podpolkovnik Madumarov ma’lum qildi. 2026-yil oxirigacha texnikadan poytaxt bog‘larida jamoat tartibini saqlashda foydalanish rejalashtirilgan, hozirda u sinovdan o‘tmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qurilmalar jamoat joylaridagi vaziyatni kuzatadi, odamlar to‘planishini qayd etadi va ehtimoliy huquqbuzarlik alomatlarini aniqlaydi. Ma’lumotlar real vaqt rejimida tezkor boshqaruv markaziga uzatiladi. SI axborotni tahlil qiladi, yakuniy qarorlarni esa xodimlar qabul qiladi. Oddiy patrullarning bir qator vazifalarini kelgusida dronlar va robotlarga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Avvalroq Milliy gvardiya Magic City bog‘ida SI va yuzni tanish funksiyasiga ega dronlarni sinovdan o‘tkazgan edi. Ular tashrif buyuruvchilar oqimini nazorat qiladi, taxminiy qoidabuzarliklarni aniqlaydi va ma’lumotlarni kuchishlatar tuzilmalarga uzatadi.

Xtender va UzTender maydonchalari ma’lumotlaridan kelib chiqilishicha, Milliy gvardiya xaridlar boshqarmasi ikkita avtonom ROBOPATRUL platformasini yaratish bo‘yicha tender e’lon qilgan. Boshlang‘ich narx — 450 mln so‘m, har bir jamlanma uchun 225 mln so‘mdan. Arizalar 13-noyabrgacha qabul qilingan. Texnik topshiriqqa ko‘ra, robotlar yo‘nalish bo‘ylab mustaqil harakatlanishi, to‘siqlarni aylanib o‘tishi va quvvati kamayganda bazaga qaytishi kerak. Ular aylana ko‘rish kameralari (yozuv sifati Full HD dan past bo‘lmagan), simsiz aloqa hamda ovozli va yorug‘lik ogohlantirish tizimlari bilan jihozlanadi. Istiqbolda platformalarni «Xavfsiz shahar» tizimiga integratsiya qilish rejalashtirilgan. Shartnoma tuzilgan-tuzilmagani va robotlar ishlab chiqarilgani hozircha noma’lum.

5440

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→