Özbekiston Osiyo Paraöyinlarida ilk bor uçinçi örinni egalladi

Sport 26 oktyabr, 10:48
Özbekiston Osiyo Paraöyinlarida ilk bor uçinçi örinni egalladi

Özbekiston terma jamoasi Yaponiyada ötkazilgan V «Aiçi-Nagoya 2026» Osiyo Paraöyinlarining umumjamoa hisobida uçinçi örinni egalladi. Bu mamlakat para sporti tarixidagi eng yaxşi natija böldi.

Özbekistonlik sportçilar jami 145 ta medal oldi:

  • 45 ta oltin;
  • 49 ta kumuş;
  • 51 ta bronza.

Terma jamoa umumiy hisobda faqat 435 ta medal olgan Xitoy va 186 ta sovrin qölga kiritgan Yaponiyadan ortda qoldi.

Özbekiston nomidan 11 ta sport turida 149 nafar paraatlet qatnaşdi. Musobaqalar dasturiga jami 18 ta sport turi kiritilgan edi. Turnirda Osiyoning 45 davlatidan 2,6 miŋ nafarga yaqin vakil iştirok etdi.

Özbekiston olgan oltin medallarning yarmiga yaqini qizlar va ayol sportçilar hissasiga toğri keldi.

Röza Qöziyeva jahon rekordini örnatdi

Para pauerliftingçi Röza Qöziyeva jahon rekordini yangilab, oltin medalni qölga kiritdi.

Osiyo rekordlarini quyidagi sportçilar örnatdi:

  • Madina Muxtorova va Karomat Omonova — yadro uloqtirişda;
  • Şahina Yigitaliyeva — nayza uloqtirişda;
  • Navröza Ahmadova — disk uloqtirişda;
  • Xurşid Qodirov — 100 metrga yugurişda;
  • Yegor Bolotov — 100 metrga çalqança va 200 metrga kompleks suzişda;
  • 16 yaşli Lolaxon Qodirova — 50 metrga erkin usulda suzişda.

Yana 16 nafar Özbekiston vakili paravelosport, para pauerlifting va para yengil atletika böyiça Osiyo Paraöyinlari rekordlarini yangiladi.

Yegor Bolotov tört karra çempion böldi

Osiyo Paraöyinlarida ilk bor qatnaşgan Yegor Bolotov para suzişda tört ta oltin va bitta kumuş medal oldi.

Xurşid Qodirov uç karra çempion böldi. Madina Muxtorova, Navröza Ahmadova va Mubinabonu Xalilova esa ikkitadan oltin medalni qölga kiritdi.

Delegatsiya bayroqdori Marjona Pardaboyeva ikki karra Osiyo çempioni böldi. U avval Özbekistonga trek paravelosporti böyiça jahon çempionatidagi dastlabki oltin medalni keltirgan edi.

15 yaşli Boburbek Toştemirov Osiyo Paraöyinlarida trek paravelosporti böyiça Özbekiston tarixidagi birinçi oltin medalni oldi. U terma jamoaning eng yosh çempioniga ham aylandi.

Dmitriy Xorlin Osiyo Paraöyinlarida törtinçi bor şohsupaning eng yuqori poğonasiga kötarildi. Bobirjon Omonov, Xusniddin Norbekov, Qudratilloxon Ma’rufxöjayev va Faxriddin Hamroyev uçinçi marta, Asila Mirzayorova, Şahina Yigitaliyeva, Guljonoy Naimova hamda Ruza Quziyeva esa ikkinçi marta çempion böldi.

Natija Los-Anjeles-2028ga tayyorgarlik uçun xizmat qiladi

Özbekiston delegatsiyasi musobaqadan söng Toşkentga qaytdi. Sportçilarni aeroportda davlat va sport taşkilotlari vakillari, murabbiylar hamda ularning yaqinlari kutib oldi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev terma jamoani tabriklab, Yaponiyada orttirilgan tajriba 2028-yilda Los-Anjelesda ötkaziladigan Paralimpiya öyinlariga tayyorgarlik uçun asos bölişini bildirdi.

Özbekiston oldingi Osiyo Paraöyinlarida 79 ta medal, jumladan 25 ta oltin, 24 ta kumuş va 30 ta bronza bilan sakkizinçi örinni egallagan edi. Bu gal medallar soni 66 taga, oltin medallar esa 20 taga köp böldi.

Keyingi Osiyo Paraöyinlari 2030-yilda Doha şahrida ötkaziladi.

1,6030

Telegramga obuna bo'ling

So'nggi yangiliklar bilan tanishing

→