Yangiliklar/Siyosat

Tibbiyot talabalari haftasiga üç kun bemorlar bilan işlaydi

Siyosat 27 oktyabr, 14:00
Tibbiyot talabalari haftasiga üç kun bemorlar bilan işlaydi

2027-yildan Özbekistondagi tibbiyot oliygohlari talabalari haftasiga üç kun klinikalarda bemorlar bilan işlaşni örganadi. Bitiruvçilar oxirgi öquv yilini tibbiyot muassasalarida amaliyot ötaş bilan ötkazadi.

Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni «Köksaroy» qarorgohida soğliqni saqläş va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvda ma’lum qildi.

Hozir 11 ta davlat oliygohi yiliga 15 ming nafar şifokor tayyorlaydi. Prezidentning aytişiça, ayrim bitiruvçilarda bemorlar bilan mustaqil işlaş uçun yetarli amaliy könikma yöq.

Tibbiyot xodimlariga ustama tölanadi

Ayrim tibbiyot xodimlariga quyidagi miqdorda qoşimça haq beriladi:

  • bakalavriatni tamomlagan hamşira va tibbiyot birodarlariga — 1,5 mln söm;
  • magistr darajasiga ega tibbiyot xodimlariga — 2,5 mln söm;
  • oilaviy tibbiyot boyiça tor soha mutaxassislariga — 5,5 mln söm.

Ustamalar qaçondan tölanişi va ularni oliş uçun qanday talablar qöyilişi hozirça açıqlanmadi.

Rezidenturada öqiş bepul böladi

2027-yildan oliygohlarda tor tibbiy mutaxassisliklar boyiça rezidenturada öqiş bepul böladi. Talabalarga oyiga 3 mln söm stipendiya tölänadi.

Ta’lim mutaxassislikka qarab ikki yildan beş yilgaça davom etadi. Oilaviy tibbiyot boyiça rezidentura ikki yil, jarrohlik boyiça esa beş yil böladi.

Tibbiyot oliygohlariga klinikalar biriktirilib, «universitet klinikasi» tizimi joriy etiladi. Tibbiyotga oid ilmiy tadqiqotlarning 80 foizi uşbu klinikalarda ötkazilişi belgilangan.

Tadqiqotlar diagnoz aniqligini oşiriş, davoläş samaradorligini yaxşiläş va asoratlarni kamaytirişga qaratiladi.

Poliklinikalar uçun talablar belgilanadi

«Yangi Özbekiston tibbiyot standartlari» işlab çiqiladi. Ular tibbiy ta’lim, muassasalarni quriş va jihozläş, sanitariya, bemor xavfsizligi hamda xizmat körsatişga tegişli böladi.

Birlamçi tibbiy yordam xodimlari bosqiçma-bosqiç bepul maxsus kiyim bilan ta’minlanadi.

2026-yilda tuman miqyosida eng yaxşi şifokor va hamşirani aniqläş boyiça viloyat tanlovlari ötkaziladi. Ğoliblarga 30 mln sömdan beriladi.

2027-yilda viloyat bosqiçida ğolib bölgan 14 nafar şifokorga elektromobil topşiriladi. Soğlom turmuş tarzini tarğib qilişga qaratilgan eng yaxşi ön loyiha mualliflariga 200 mln sömdan grant ajratiladi.

Prezident Abu Ali ibn Sino nomidagi davlat mukofotini ta’sis etişni ham taklif qildi. Mukofot aholi salomatligini saqläş, ilmiy işlanmalar va davoläş usullarini amaliyotga joriy etişda natija körsatgan tibbiyot xodimlariga beriladi.

5760

Telegramga obuna bo'ling

So'nggi yangiliklar bilan tanishing

→