Yangiliklar/Jamiyat

Parkwood turar joy majmuasida ikki kişi kuyish jarohatini oldi

Jamiyat 27 oktyabr, 16:41
Parkwood turar joy majmuasida ikki kişi kuyish jarohatini oldi

Toshkentning Mirobod tumanidagi Parkwood turar joy majmuasida elektr uskunalarini ta’mirlash paytida ikki kishi kuyish jarohatini oldi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Toshkent shahar hokimligining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, hodisa xususiy korxona xodimlari iste’molchiga tegishli transformator punktida ishlayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Fazalararo qisqa tutashuv oqibatida ishchilarning kiyimi yonib ketgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda erkaklardan birining kiyimi yonayotgani, atrofdagilar esa olovni o‘chirishga urinayotgani ko‘rinadi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» transformator punkti iste’molchi balansida ekanini bildirdi. Uskunaga kompaniya va Mirobod tumani elektr ta’minoti korxonasi xizmat ko‘rsatmaydi. Jarohatlanganlar ham tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari emas.

Hodisa sabablari va ta’mirlash vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qilingani o‘rganilmoqda. Tekshiruv yakunida huquqiy baho beriladi.

1430

Telegramga obuna bo'ling

So'nggi yangiliklar bilan tanishing

→