Sakkiz nafar özbekistonlik oğir atletika boyiça JÇda qatnaşadi
Sport 26 oktyabr, 21:38

Oğir atletika boyiça Özbekiston terma jamoasi Xitoyning Ningbo şahrida ötkaziladigan kattalar örtasidagi jahon çempionatida qatnaşadi. Musobaqa 27-oktabrdan 8-noyabrgaça davom etadi.
Milliy olimpiya qömitasi ma’lumotiga köra, terma jamoa tarkibiga sakkiz nafar sportçi kiritilgan. Çempionatda dunyoning turli mamlakatlaridan 500 dan ortiq atlet qatnaşadi.
Özbekiston terma jamoasi tarkibi
Erkaklar:
- 65 kg gaça — Adhamjon Ergaşev;
- 85 kg gaça — Sarvarbek Zafarjonov;
- 95 kg gaça — Muhammadqodir Toştemirov;
- 110 kg gaça — Akbar Jörayev;
- 110 kg dan yuqori — Şarofiddin Amriddinov.
Ayollar:
- 53 kg gaça — Nigora Abdullayeva;
- 86 kg gaça — Rigina Adaşbayeva;
- 86 kg gaça — Nigora Suvonova.
Rigina Adaşbayeva va Nigora Suvonova bir xil, 86 kg gaça vazn toifasida bahslaşadi. Olimpiada çempioni Akbar Jörayev esa 110 kg gaça vazn toifasida çiqadi.
Ningbodagi turnirda 2028-yili Los-Anjelesda ötkaziladigan yozgi Olimpiya öyinlari saralaşi doirasidagi dastlabki yirik reyting oçkolari öynaladi.
2,5310
Telegramga obuna bo'ling
So'nggi yangiliklar bilan tanishing
→
Tavsiya etamiz

Xorijda ishlagan şifokorlarga 50 mln sömgaça ustama beriladi
208·27 oktyabr, 17:12

Parkwood turar joy majmuasida ikki kişi kuyish jarohatini oldi
219·27 oktyabr, 16:41

Tibbiyot talabalari haftasiga üç kun bemorlar bilan işlaydi
646·27 oktyabr, 14:00

2027-yildan poliklinikalarda 73 turdagi dori bepul beriladi
847·27 oktyabr, 13:07

Uçtepadagi yonğin boyiça qasddan odam öldiriş moddasi bilan iş oçildi
676·27 oktyabr, 12:39