Film işlab çiqariş xususiy studiyalarga ötkaziladi

Özbekistonda filmlarni davlat buyurtmasi asosida sur’atga oliş amaliyoti bekor qilinadi. Uning örniga xususiy studiyalar va ijodkorlarni subsidiya orqali moliyalaştiriş tizimi joriy etiladi.
Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev «Özbekfilm» kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan ötkazilgan uçraşuvda ma’lum qildi.
Kinematografiya agentligi va uning tizimidagi taşkilotlar tugatiladi. Kino sohasidagi davlat siyosatini yuritiş vakolati Madaniyat vazirligiga beriladi.
Vazirlik tarkibida Kino san’ati departamenti tuziladi. Departament rahbarining maqomi madaniyat vaziri örinbosariga tenglaştiriladi. Yangi tuzilma faoliyatini bir oy içida işga tuşiriş topşirildi.
Hozirgi «Özbekfilm» davlat muassasasi tugatiladi. Uning örnida «Özbekfilm» milliy kinokompaniyasi taşkil etiladi.
Yangi kompaniya filmlarni bevosita işlab çiqarmaydi. Suratga oliş töliq xususiy studiyalarga ötkaziladi.
«Özbekfilm» quyidagi vazifalarni bajaradi:
- kino loyihalarini tanlaydi va moliyalaştiradi;
- tayyor filmlarni tarğib qiladi va tarqatadi;
- prokatni taşkil etadi;
- loyihalarni xalqaro bozor va festivallarga olib çiqadi;
- milliy kino brendini rivojlantiradi.
Kompaniya film loyihasini tanlaşdan tayyor asarni tomoşabinga yetkazişgaça bölgan jarayonni boşqaradi. Uning faoliyatini bir hafta içida yölga qöyiş kerak.
Davlat filmni texnik topşiriq asosida buyurtma qilişdan voz keçadi. Xususiy studiyalar va ijodkorlarning loyihalari subsidiya orqali qöllab-quvvatlanadi.
«Bundan buyon davlat filmning buyurtmaçisi emas, ijodkorlar va xususiy sektorning işonçli hamkori böladi», dedi prezident.
Yangi tizimda filmni baholaşda texnik talablar emas, loyiha ğoyasi va ijodiy jarayon hisobga olinadi. Moliyalaştiriş mexanizmini bir oy içida işlab çiqiş vazifasi berildi.
2027-yildan boşlab «Özbekfilm» milliy kinokompaniyasi söroviga asosan davlat budjetidan har yili mablağ ajratiladi.
«Özbekfilm»ning 10 gektarlik hududida kino xizmatlarini bir joyga jamlaydigan industrial klaster barpo etiladi. U «Özbekfilm kino şaharçasi» deb nomlanadi.
Şaharçada zamonaviy dublyaj va ovozlaştiriş markazi ham quriladi.
Ikki oy içida loyiha taşkiloti jalb qilinib, şaharçaning master-rejasi va loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanadi. Quriliş işlarini 2027-yil mart oyida boşlaş belgilangan.
Kino tizimidagi foydalanilmayotgan davlat aktivlari oçiq savdoga çiqariladi.
Quyi Çirçiq tumanidagi «Köhinur» sihatgohi kino sohasi xodimlariga beriladi. Ta’mirlangan maskandan dam oliş va ijodiy loyihalar ustida işlaş uçun foydalaniladi.
Bundan taşqari, kino sohasida işlaydigan kamida 300 xodim har yili Özbekistondagi sihatgohlarda dam oliş va davolaniş uçun bepul yöllanma oladi.
Telegramga obuna bo'ling
So'nggi yangiliklar bilan tanishing
Tavsiya etamiz

Xorijda ishlagan şifokorlarga 50 mln sömgaça ustama beriladi

Parkwood turar joy majmuasida ikki kişi kuyish jarohatini oldi

Tibbiyot talabalari haftasiga üç kun bemorlar bilan işlaydi

2027-yildan poliklinikalarda 73 turdagi dori bepul beriladi
