Kannavaro Meksika va AQSh klublaridan takliflar izlamoqda

Sport 24 oktyabr, 16:06
Kannavaro Meksika va AQSh klublaridan takliflar izlamoqda

O‘zbekiston futbol milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Meksika yoki AQSh klublaridan birini boshqarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish uchun Lotin Amerikasi agentligi bilan hamkorlikni boshladi. Bu haqda Meksiyaning TUDN telekanali jurnalist Fransisko Arredondoning ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Jurnalistning Línea de 4 dasturida aytishicha, agentlik Kannavaro uchun Meksikaning Liga MX chempionati va AQShning Major League Soccer (MLS) klublaridan takliflar izlaydi. Hozircha qaysi klublar italiyalik murabbiyga qiziqish bildirayotgani ma’lum emas.

Kannavaro 2025-yil oktabr oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi — UzA xabariga ko‘ra, uning oldiga jamoani 2026-yilgi jahon chempionatiga tayyorlash vazifasi qo‘yilgan.

Italiyalik mutaxassis futbolchi sifatida 2006-yilda Italiya terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Shu yili u «Oltin to‘p» mukofotiga ham sazovor bo‘lgan. Murabbiylik faoliyati davomida esa Italiyaning «Benevento» va «Udineze», Xorvatiyaning «Dinamo» Zagreb klublarida, shuningdek, Xitoy futbolida ishlagan.

Hozircha Kannavaroning O‘zbekiston terma jamoasidan ketishi yoki biror klub bilan shartnoma imzolashi haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.

8,6140

Telegramga obuna bo'ling

So'nggi yangiliklar bilan tanishing

→