O‘zbekistonlik dzyudochilar Aktau Asian Open turnirida 13 ta medal qo‘lga kiritdi

Sport 20 oktyabr, 13:00
O‘zbekistonlik dzyudochilar Aktau Asian Open turnirida 13 ta medal qo‘lga kiritdi

Qozog‘istonning Aktau shahrida Turar Jo‘ldiboyev xotirasiga bag‘ishlangan Aktau Asian Open 2026 xalqaro dzyudo turniri yakunlandi.

Ikki kunlik musobaqada O‘zbekiston vakillari jami 13 ta medal qo‘lga kiritdi:

  • beshta oltin;
  • ikkita kumush;
  • oltita bronza.

Turnirning ikkinchi kunida og‘ir vazn toifalaridagi bahslar o‘tkazildi. O‘zbekistonlik dzyudochilar erkaklar o‘rtasida 100 kilogrammgacha va 100 kilogrammdan yuqori vazn toifalarida chempion bo‘ldi.

Musobaqa g‘oliblari jahon reytingi uchun 100 balldan oldi. Ushbu ochkolar sportchilarning xalqaro reytingdagi o‘rniga va keyingi musobaqalardagi saralash holatiga ta’sir qiladi.

Asian Open turnirlari sportchilarga xalqaro tajriba va reyting ochkolarini to‘plash imkonini beradi. Biroq ularda beriladigan ballar Grand Slam, jahon chempionati va Olimpiya o‘yinlaridagi natijalar uchun ajratiladigan ochkolardan kamroq.

1,2810

Telegramga obuna bo'ling

So'nggi yangiliklar bilan tanishing

→