Yangiliklar/Jamiyat

2027-yildan Pensiya jamg‘armasining tuman bo‘limlari ixcham ofislarga almashtiriladi

Jamiyat 20 oktyabr, 16:00
2027-yildan Pensiya jamg‘armasining tuman bo‘limlari ixcham ofislarga almashtiriladi

2027-yil 1-yanvardan Pensiya jamg‘armasi va G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining tuman hamda shahar bo‘linmalari tugatiladi. Ularning vazifalari hududiy boshqarmalarga o‘tkazilib, ular huzurida 1–3 nafar xodimdan iborat xizmat ko‘rsatish ofislari ochiladi.

Tartib Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-oktabrdagi 576-son qarori bilan tasdiqlandi. Pensiya xizmatlari va g‘aznachilik operatsiyalari raqamlashtiriladi.

Yangi tizim 2026-yilning oktabr–dekabr oylarida Andijon, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarining ayrim shaharlarida sinovdan o‘tkaziladi.

Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalariga quyidagi vazifalar beriladi:

  • pensiya tayinlash;
  • pensiya miqdorini qayta hisoblash;
  • pensiya turini o‘zgartirish;
  • to‘lovlarni tashkil etish.

Sinov hududlarida ushbu masalalar bo‘yicha qarorlarni uch kishidan iborat komissiyalar qabul qiladi.

2027-yil 1-yanvardan tizimni barcha hududlarda joriy etish rejalashtirilgan. Qaror pensiya turlari yoki ularni hisoblash tartibini o‘zgartirmaydi. O‘zgarishlar Pensiya jamg‘armasi tuzilmasi va uning bo‘linmalari o‘rtasida vazifalarni taqsimlashga taalluqli.

22,7830

Telegramga obuna bo'ling

So'nggi yangiliklar bilan tanishing

→