Shavkat Mirziyoyev COP31 sammitida qatnashish uchun Turkiyaga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10−11 noyabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tadigan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) tadbirlarida ishtirok etadi.
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, tashrif Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on taklifiga binoan amalga oshiriladi.
Global iqlim sammitida davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar hamda moliya institutlari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
COP31 kun tartibidan iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, ekologik xatarlarni kamaytirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va «yashil» rivojlanish maqsadlarini ilgari surish masalalari o‘rin olgan.
Shavkat Mirziyoyev sammitning yalpi majlisida nutq so‘zlaydi. Shuningdek, tashrif doirasida bir qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar ham rejalashtirilgan.
O‘zbekiston 1993-yilda BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasiga qo‘shilgan. Mamlakat 2018-yildan buyon Parij kelishuvi ishtirokchisi hisoblanadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Angorda 277 ta qalbaki haydovchilik guvohnomasi yo‘q qilindi

Uy topshirilmaguncha ulushdorlarning puli bankda saqlanadi

O‘zbekistonda ayrim smartfonlar uchun IMEI’ni rasmiylashtirish 30 kungacha cho‘zilishi mumkin

Chilonzorda ko‘l va 30 metrlik arka bilan yangi istirohat bog‘i qurilmoqda
