O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionati–2026 oldidan Niderlandiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
O‘yin 8 iyun kuni AQShning Nyu-York shahridagi «Icahn Stadium»da bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.
Mazkur bahs O‘zbekiston terma jamoasi uchun mundial oldidan yakuniy tayyorgarlik o‘yini hisoblanadi. Uchrashuv jamoaning tarixdagi ilk Jahon chempionatiga tayyorgarlik dasturining muhim bosqichi sifatida ko‘rilmoqda.
Avvalroq Fabio Kannavaro shogirdlari Kanadaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Golllarni Jonathan Osorio va Jayden Nelson kiritgan.
Niderlandiya terma jamoasi esa FIFA reytingida yetakchi o‘rinlardan birini egallab turibdi va ushbu o‘yin O‘zbekiston uchun jiddiy sinov bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, o‘yin cheklangan sig‘im sabab tomoshabinsiz o‘tkaziladi.
Jahon chempionati–2026 11 iyun kuni start oladi. O‘zbekiston terma jamoasi K guruhidan joy olgan bo‘lib, Kolumbiya, Portugaliya va DR Kongo jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Terma jamoa turnirdagi ilk uchrashuvini 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi Meksika poytaxti Mexikoda o‘tkazadi.
Tavsiya etamiz

Jaloliddin Masharipov maydonga chiqmasligi mumkin

O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvada media hamkorlikni muhokama qildi

“Chinor” metrosi 50 kunga yopiladi

Farmkompaniya Amir Temur va Navoiy obrazi ishlatilgan reklama uchun jazolandi
