Farmkompaniya Amir Temur va Navoiy obrazi ishlatilgan reklama uchun jazolandi

Farmatsevtika kompaniyasi Nika Pharm Rinoksil Formula+ preparati reklamasini noto‘g‘ri tayyorlagani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qildi.
Reklama videosida Amir Temur, Alisher Navoiy, Ibn Sino, Jorj Vashington, Yuliy Sezar va Napoleon obrazlari ishlatilgan. Rolikda ular go‘yoki ushbu doridan foydalangandek taassurot berilgan.
Qoʻmita bunday yondashuvni qabul qilib boʻlmas deb baholadi. Tarixda chuqur iz qoldirgan shaxslar obrazlari madaniy merosning bir qismi hisoblanadi, ularni dori vositalarini reklama qilishda qoʻllash esa hurmatsizlik sifatida qabul qilinadi.
Agentlik bu holatda «Reklama toʻgʻrisida»gi qonunning 16-moddasiga tayanadi. Unga koʻra, reklamada an’analarga zid tasvir va ifodalardan, shuningdek, ma’naviy hamda axloq me’yorlariga zid materiallardan foydalanish taqiqlanadi. Tekshiruv natijasida korxonaga jarima solindi va qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Tavsiya etamiz

Jaloliddin Masharipov maydonga chiqmasligi mumkin

O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvada media hamkorlikni muhokama qildi

“Chinor” metrosi 50 kunga yopiladi

O‘zbekiston terma jamoasi JCH‑2026 oldidan Atlantaga yetib keldi
