Yangiliklar/Iqtisod

Zangiota suv omborida baliqlarning nobud boʻlishi 92 million soʻm jarimaga aylandi

Iqtisod 3 may, 17:46
Zangiota suv omborida baliqlarning nobud boʻlishi 92 million soʻm jarimaga aylandi

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi baliqchilik xo‘jaligiga tegishli suv havzasida baliqlarning ommaviy nobud bo‘lishi qayd etildi. O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, hodisaga suv sathining pasayishi sabab bo‘lib, bu holat suv muhitida kislorod yetishmovchilimini yuzaga keltirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, asosan og‘irligi 200–300 gramm bo‘lgan baliqlar nobud bo‘lgan. Mutaxassislar bunday hajmdagi baliqlar gidrokimyoviy muvozanatning buzilishiga nisbatan ayniqsa sezuvchan ekanini ta’kidlashmoqda. Vaziyatni og‘irlashtirgan yana bir omil — korxona oqova suvlarida zararli moddalar miqdorining belgilangan me’yorlardan ancha yuqori bo‘lgani aniqlandi.

Shuningdek, tekshiruv jarayonida nobud bo‘lgan baliqlar sug‘orish kanaliga tashlab yuborilgani ma’lum bo‘ldi. Bu esa atrof-muhitga qo‘shimcha ekologik xavf tug‘dirgan.

Holat yuzasidan korxonaga 92 million so‘m miqdorida ekologik zarar uchun kompensatsiya belgilandi. Mas’ul shaxslarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi. If loslangan kanal tozalanib, vaziyat vakolatli idoralar nazoratiga olindi.

1440