Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy majmuasi ziyofatidan boshladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni amaliy tashrif bilan Samarqand viloyatiga keldi. Oʻrnatilgan an’anaga koʻra, tashrif dasturi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qilishdan boshlandi.
Atoqli muhaddis maqbarasida Qur’oni Karimdan suralar oʻqilib, duolar qilindi. Majmua davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Imom Buxoriyning islom olamidagi yuksak nufuzi, salmoqli ma’naviy merosi inobatga olingan holda qayta qurilgani ta’kidlandi.
Keng koʻlamli rekonstruksiya natijasida majmuaning imkoniyatlari sezilarli darajada kengaytirildi: agar ilgari u kuniga 12 ming nafargacha ziyoratchini qabul qilgan boʻlsa, hozirda bu koʻrsatkich 65 mingtaga yetdi. Rasmiy ma’lumotlarga koʻra, u ochilganidan keyin bir oy ichida unga 1 milliondan ortiq Oʻzbekiston fuqarolari va xorijlik mehmonlar tashrif buyurgan. Ramazon hayiti arafasida bu yerda 60 mingdan ortiq kishi ishtirokida bayram namozi oʻqildi.
Prezidentimiz ziyoratchilar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash, jumladan, avtoturargohlarni kengaytirish, piyodalar uchun maydonlarni obodonlashtirish, dam olishlari uchun qulay sharoit yaratish boʻyicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam tahlil qilish, har olti oyda sharoitlarni baholash, ularning malakasini oshirish uchun mamlakatimizning barcha hududlaridan imom-xatiblarni jalb etish zarurligi ta’kidlandi.
Tavsiya etamiz

Oʻzbekistonda 086-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani onlayn tarzda berish joriy etildi

O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlash xarajatlarini qoplash rejalashtirilmoqda

Amsterdam goʻsht va benzinli avtomobillar reklamasini taqiqlaydi

Malayziya qirolichasi Radja Zarit Sofiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi
