Poytaxtimizda boks boʻyicha U15 va U17 oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati boshlandi

Sport 3 may, 18:42
Poytaxtimizda boks boʻyicha U15 va U17 oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati boshlandi

Toshkent shahrida boks bo‘yicha U15 va U17 yosh toifalaridagi Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa “Olimpiya shaharchasi” sport majmuasida o‘tkazilmoqda.

Ochilish marosimida Asian Boxing tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston boks federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar nutqlarida turnirning Osiyo miqyosidagi ahamiyati va yoshlar sportini rivojlantirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

Mazkur qit’a birinchiligi Osiyoning 21 mamlakatidan tashrif buyurgan 500 nafardan ortiq yosh charm qo‘lqop ustalarini birlashtirdi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ushbu musobaqa yaqin yillarda yoshlar Olimpiya o‘yinlari va yirik xalqaro startlarga tayyorlanayotgan sportchilarni aniqlashda muhim seleksiya maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

1860