Yangiliklar/Jamiyat

Toshkent markazida gullar festivali sabab transport harakati vaqtincha cheklanadi

Jamiyat 2 may, 18:15
Toshkent markazida gullar festivali sabab transport harakati vaqtincha cheklanadi

Toshkent shahrining markaziy qismida may oyining boshida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu Tashkent Flowers Fest — 2026 xalqaro festivali o‘tkazilishi bilan bog‘liq, deya xabar berdi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, festivalning asosiy tadbirlari 7–9 may kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydonda bo‘lib o‘tadi. Xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, ko‘rgazma va piyodalar hududlarini tashkil etish maqsadida 2–11 may kunlari ayrim ko‘chalarda avtotransport harakati qisman cheklanadi.

Cheklovlar quyidagi hududlarda amal qiladi:

  • Zarafshon ko‘chasida — Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi nazorat-o‘tkazish punkti bilan Mustaqillik prospekti oralig‘ida;
  • Istiqlol ko‘chasida — Amir Temur prospekti va Buyuk Turon ko‘chasi orasida;
  • Buyuk Turon ko‘chasida — Istiqlol ko‘chasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismda.

Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, cheklovlar vaqtinchalik bo‘lib, festival tadbirlari yakunlangach bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Haydovchilarga muqobil yo‘nalishlardan foydalanish va shahar bo‘ylab harakatni oldindan rejalashtirish tavsiya etildi.

2000