Qarshida 1,6 mlrd so‘mlik gaz talon-torojligi fosh etildi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor shoxobchasida (AGNKSh) yirik miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, davlatga yetkazilgan zarar dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 1,6 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Tekshiruv davomida mutaxassislar A. X. O. korxonasiga tegishli AGNKShda tabiiy gaz belgilangan tartib va hisob tizimlarini chetlab o‘tgan holda iste’mol qilinganini aniqladi. Xususan, gazdan foydalanish ikki dona kompressor qurilmasi orqali noqonuniy amalga oshirilgan.
Inspeksiya ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur sxema hisobga olinmagan gaz sarfiga yo‘l ochib, energetika tizimiga sezilarli moliyaviy zarar yetkazgan. Aniqlangan holat yuzasidan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Tavsiya etamiz

Oʻzbekistonda 086-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani onlayn tarzda berish joriy etildi

O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlash xarajatlarini qoplash rejalashtirilmoqda

Amsterdam goʻsht va benzinli avtomobillar reklamasini taqiqlaydi

Malayziya qirolichasi Radja Zarit Sofiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi
