Farg‘ona viloyatida texnikum o‘qituvchilari o‘rtasida mojaro yuz berdi

Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 2026-yil 30-aprel kuni Beshariq tumanidagi tibbiyot texnikumida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, texnikumning ikki nafar o‘qituvchisi — G.X. va T.T. o‘rtasida kelib chiqqan nizo jismoniy to‘qnashuv bilan yakunlangan. Mojaro davomida tomonlardan biri ikkinchisiga qo‘li bilan zarba berib, bosh va ko‘krak qismida tan jarohatlari yetkazgan.
Mazkur holat o‘sha kuniyoq tuman ichki ishlar bo‘limida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan. Yetkazilgan jarohatlarning og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Viloyat IIB ma’lumotiga ko‘ra, holat yuzasidan dastlabki tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Mojaroga nima sabab bo‘lgani hozircha rasman ochiqlanmagan.
Qayd etilishicha, vaziyat Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi nazoratida. Tekshiruv natijalariga ko‘ra qo‘shimcha axborot beriladi.
Tavsiya etamiz

Oʻzbekistonda 086-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani onlayn tarzda berish joriy etildi

O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlash xarajatlarini qoplash rejalashtirilmoqda

Amsterdam goʻsht va benzinli avtomobillar reklamasini taqiqlaydi

Malayziya qirolichasi Radja Zarit Sofiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi
